La Liga. “Atletik” qo'shib berilgan daqiqada irodali g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
20 dek 2016, 03:32
Ispaniya La ligasida 16-turning so'nggi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda bilbaolik futbolchilar irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. O'yinning 54-daqiqasida Yago Aspas “Selta”ni hisobda oldinga olib chiqqandi.

80-daqiqada vigoliklar himoyachisi Ronkalya maydondan chetlatildi. 82-daqiqada Aduris penaltidan muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan 3-daqiqada San Xose “Atletik”ka muhim 3 ochkoni taqdim etgan golni kiritdi.  

Atletik – Selta 2:1 (0:0)

Gollar: Aduris, 82 (penaltidan), San Xose, 90+3 – Yago Aspas, 54

“Atletik”: Kepa – Lekue, Yeray, Boveda, Balensiaga – Benyat, Vesga (San Xose, 46) – Vilyams, Raul Garsiya (Sabin Merino, 73), Muniain (Susaeta, 63) – Aduris

“Selta”: Ruben Blanko – Ugo Malo, Kabral, Ronkalya, Xonni – Vass, Radoyya, Pablo Ernandes – Yago Aspas (Serxi Gomes, 82), Gvidetti (Marselo Dias, 71), Bongonda (Sisto, 86)

Ogohlantirishlar: Vesga, Raul Garsiya, Lekue, Yeray – Pablo Ernandes, Gvidetti, Ronkalya

Chetlatish: Ronkalya, 80


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif