La Liga. 3 ta qizil ko'rsatilgan bahsda “Atletiko” uyda “Elche” ustidan muvaffaqiyatga erishdi (+jadval va bugungi o'yinlar)

Eldor Akmurzayev
30 dek 2022, 08:25
Ispaniya chempionati 15-turida “Atletiko” Madridda “Elche”ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuv keskin kurashlarga boy o'tdi. 1-taymga qo'shib berilgan daqiqalarda raqib himoyachisi Gonsalo Verdu qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Keyingi bo'lim boshida “matraschilar” a'zosi Mario Ermoso ikkinchi sariqni oldi. 86 hamda 89-daqiqalarda esa mehmonlarning boshqa bir futbolchisi Domingos Kina qo'polligi uchun 2 bor ogohlantirildi va u ham hakam tomonidan bahsdan chetlatildi.

Shu tariqa, Joau Feliks hamda Alvaro Morataning gollari madridliklarga 3 ochko keltirdi. Jamoa mazkur muvaffaqiyatdan keyin 27 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarildi.

"Atletiko" – "Elche" 2:0 (0:0, 2:0)

"Vanda Metropolitano"

Gollar: 1:0 – 56 Joau Feliks, 2:0 – 74 Morata.

"Atletiko" – Oblak, Savich, Ximenes, Ermoso, Lorente, Karrasko (Regilon, 57), Kondogbia, Barrios (Koke, 79), Grizmann (Saul, 79), Morata, Joau Feliks (Lemar, 66).

"Elche" – Badiya, Palasios (Morente, 83), Bigas, Verdu, Diego Gonsales, Klerk, Maskarel, Guti (Kina, 83), Milya (Fidel, 83), Roxer Marti (Ponse, 69), Boye (Kolyado, 69).

Ogohlantirishlar: Roxer Marti (48), Ermoso (50), Barrios (76), Kolyado (80), Kina (86).

Chetlatishlar: Verdu (45), Ermoso (53), Kina (90).

Bugun, 30 dekabr kuni tur doirasidagi uchrashuvlar davom etadi.

30 dekabr, juma

21:00, “Xetafe” – “Malorka”

23:15, “Kadis” – “Almeriya”

23:15, “Selta” – “Sevilya”

31 dekabrga o'tar kechasi

01:30, “Valyadolid” – “Real”

31 dekabr, shanba

18:00, “Barselona” – “Espanol”

20:15, “Vilyarreal” – “Valensiya”

20:15, “Real Sosedad” – “Osasuna”

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia