La Liga. 15-turning ilk uchrashuvida g'olib aniqlanmadi

30 noya 2019, 07:10
Kecha Ispaniya chempionati 15-turidan o'rin olgan ilk bahs bo'lib o'tdi.

Vigo shahrida “Selta” “Valyadolid” klubini qabul qildi va tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Ushbu natijadan so'ng “Selta” 13 ochko jamg'argan holda 18-o'rinni egallab turgan bo'lsa, “Valyadolid” esa 18 ochko bilan 14-o'rindan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia