Kyuyt: "Mavsum "Liverpul" uchun omadsiz o'tdi"

Sherzod Nurmatov
29 may 2022
"Liverpul" sobiq hujumchisi Dirk Kyuyt Mersisayd jamoasining ushbu mavsumdagi ishtirokini sarhisob qildi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Chempionlar Ligasi finalida "Real"ga yutqazdi, Angliya chempionatida ikkinchi bo'ldi, Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogini qo'lga kiritdi.

"Mavsum "Liverpul" uchun omadsiz o'tdi. Yaxshi futbol o'ynashdi, ammo may oyida hammasini hal qila olishni bilish kerak, ular buni uddalay olishmadi", – dedi niderlandiyalik sobiq futbolchi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Metro