"KYU"-2016 o'z yurishini davom ettiradi, navbat Qashqadaryoga

Narzulla Saydullayev
21 okt 2016, 14:13
2006 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida vodiyda boshlangan "Kelajak Yulduzlari"-2016 o'z yurishini vohada davom ettiradi.

"Championat.asia" saytining tashabbusi bilan o'tkazilayotgan loyiha, 2015 yil Toshkentda boshlangan edi. Qashqadaryo viloyatidagi musobaqa 4-6 noyabr kunlari, Qarshi shahridagi "Geolog" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Unda "Nasaf" va "Mashal" akademiyalarining tarbiyalanuvchilari va "Sho'rtan" hamda viloyatdagi boshqa BO'SMlar qatnashadilar.

Musobaqa festival ko'rinishida bo'lib o'tadi. Unda 8ta jamoa uchta turda o'zaro bellashadilar.

"Ikki kun davomida Qashqadaryoda bo'lib, "Mashal" va "Nasaf" rahbarlari bilan bolalar futboli borasida bir qancha loyihalar ustida maslahatlashdik. Bu borada Shamil Yarulin ("Nasaf") va Ilhom Qurbonov ("Mashal") qo'llaridan kelgan yordamni ayamaslikka vada berdilar. Albatta bu bizni quvontiradi. Vohada dastlabki ishimizni, "Kelajak Yulduzlari"ni u yerda ham o'tkazish bilan boshlaydigan bo'ldik. Aynan shu muddatni tanlashimizga sabab, festivalning so'nggi kuniga, "Nasaf", "Sho'rtan" va "Mashal" futbolchilarini kelishlarini taminlash. Bu bolajonlar uchun qiziq bo'ladi.

Bu turnir rejamizga ko'ra, 2017 yilda Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpog'iston Respublikasigacha yetib borishi kerak", - deydi loyiha muallifi Nodirxo'ja Yuldashev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia