Kutrone va Peccelya ham koronavirusga chalindi

Alisher
14 mar 2020, 14:38
"Fiorentina" ikki o'yinchining koronavirusga chalinganini e'lon qildi.

"Vulverxempton"dan ijara asosida o'tgan forvard Patrik Kutrone va himoyachi Xerman Peccelyalarning testlari ijobiy chiqdi.

Shuningdek klub fizioterapevti ham kasallikka chalingani ma'lum bo'ldi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi holatda.

Oldinroq, "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich ham kasallik bilan og'rigani ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: it.violachannel.tv