Kurzava PSJdan ketishga yaqin

Alisher
16 iyul 2021, 15:03
Himoyachi Leven Kurzava Fransiyaning PSJ klubidan ketishga yaqin.

28 yoshli o'yinchini Istanbulning "Galatasaroy" klubi o'z safiga jalb etmoqchi, ammo futbolchi Turkiya chempionatiga yo'l olishni rad etdi.

Leven faoliyatini APLda davom ettirmoqchi. PSJ rahbariyati o'n million evro taklif qilinsa, Kurzava bilan xayrlashishga tayyor.

Futbolchi o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe