Kurtuada ruhiy muammolar yo'q

11 okt 2019, 19:25
"Real" posboni Tibo Kurtua psixologik muammolari borligi to'g'risidagi xabarni inkor etdi.

"Top darajali o'yinchi nimani anglatishini bilaman. Xursandman va ruxiy muammolarim yo'q. OAV mas'uliytli bo'lishi kerak va safsata, yolg'onlarni chop etishni tzxtatishi lozim. Bu muammolardan rostan ham jabr ko'radigan odamlar bor. Bu men va shu toifadagi odamlar uchun hurmatsizlik bo'ladi. "Kasallikdan sog'aydim va o'zimni yaxshi his qilyapman, garchi bir necha funt yo'qotgan bo'lsam ham", – deydi Kurtua.

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com