Kurtua: "Umid qilamanki, Eden o'yin taqdirini hal qiladi"

Mirjalol Normatov
27 iyun 2021, 15:20
Belgiya termasi posboni Tibo Kurtua jamoadoshi Eden Azar haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Tibo o'zining eng yaxshi holatiga qaytmoqda. "Real"dagi so'nggi oylar u uchun oson o'tmadi. Azar yaxshi mashg'ulot qildi. Uning o'yinga qanchalar chanqoqlishini ko'rib turibman. Ammo uning maydonga tushmasligini ko'rish og'ir.

Mashg'ulotlarda u uch-to'rt futbolchini aldab o'tmoqda. Garchi oyog'iga tepishsa ham unga farqi yo'q. O'yinni davom ettira oladi. U ruxan va jismonan baquvvat futbolchi. Faqatgina bir ritmga tushib olishi kerak.

Katta futbolchilardan ko'p narsalarni kutishadi. Shu boisdan ular boshqalardan farq qilishadi. Umid qilamanki, u Portugaliyaga qarshi o'yin taqdirini hal qiladi", - dedi Kurtua.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal