Kurtua: "Saudiya Arabistoni sport orqali o'z mavqeini yaxshilamoqchi"

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2023, 10:46
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua futbol olamida Saudiya Arabistoni haqida ko'p gapirilayotgani haqida fikrlarini bildirdi.

"O'ylaymanki, Ronaldu bilan shartnoma imzolash orqali Saudiya Arabistoni sportdagi o'z mavqeini yaxshilashni xohlayapti. Buni "Formula-1" va boshqa tadbirlarda ko'rdik. Misol uchun, bizning shu yerda ekanligimiz shundan dalolat beryapti. Buni Jahon chempionatida ham ko'rdik. Saudiya Arabistoni Argentinani mag'lub etdi.

Krishtianu Ronalduning o'zi bu erga ko'chib o'tishga qaror qildi, bu Saudiya Arabistonining o'z mavqeini yaxshilash istagidan dalolat beradi. Bunday darajadagi o'yinchining o'tishi liga uchun muhim", – dedi Kurtua.

Eslatib o'tamiz, Madridning "Real" klubi 11 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Valensiya"ga qarshi bahs olib boradi. Saudiya Arabistoni uchinchi bor ushbu turnirga mezbonlik qilmoqda. To'rtta bo'lishi mumkin edi, ammo 2021 yilda koronavirus cheklovlari tufayli Superkubok Ispaniyada o'tkazilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN