Kurtua "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydimi?

Alisher
17 mar 2024
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua yaqin vaqtlarda jarohatdan so'ng jamoa tarkibiga qaytishi mumkin.

Kurtua "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final o'yinida harakat qilishga tayyorligini bildirdi.

Ilk o'yin 9 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 16 aprel kuni Manchestyerda.

31 yoshli darvozabon o'tgan yilning avgustida jarohat olgandi.


AlisherMuallif
Manba: Defensa Central