Kurtua: "Azar bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritamiz"

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019
"Real" va Belgiya termasi futbolchisi Tibo Kurtua xavbek Eden Azarning "Real"ga o'tgani borasida gapirdi.

"Bu uning uchun katta plyus. U bilan yana bir jamoada o'ynash juda yoqimli. U mening do'stim, u va oilasi bilan ajoyib munosabatlarim bor.

"Real" uchun ham bu katta kuchayish. Azar bu yerda asosiy rolda bo'ladi deb ayta olaman. Umid qilamanki, u bilan birga ko'plab sovrinlarga ega chiqamiz", - dedi Kurtua.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca