Kuniga 470 dollarlik lyuks - basseyn, ping-pong, o'yin pristavkalari. NHL markazlashgan chempionatni qanday o'tkazmoqchi?

Aziz Tukhtamuradov
29 iyul 2020, 13:50
AQSHda xokkey bo'yicha milliy chempionat - NHL restarti boshlanishiga bir necha kunlar qolmoqda.

Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar a'zolari ko'ch-ko'ronini yig'ib, kichik shaharchaga yetib kelishgan. Kimdir bu yerda kuzgacha qoladi, yana kimlardir ikki haftadan so'ng uyiga ravona bo'ladi. NHLdagilarning aytishicha, Toronto va Edmontondagi ushbu joy qiziqarli va xavfsiz. Xa to'g'ri, koronavirus bilan kasallangan ilk sportchi aniqlanmagunicha barchasi joyida bo'ladi. 

Bahslar 1 avgust kuni start oladi.


Jamoalar qayerda yashashadi?

NHL ikkita shahardan to'rtta otel tanladi. Sharqiy klublar Torontodagi Hotel X va Royal York mehmonxonalarida, g'arbiy ligadagi jamoalar esa Edmontondagi JW Marriot va Sutton Place'ga joylashishadi. 

Bu yerda xokkey yulduzlari Kucherov, Ovechkin, Provorov va Malkin kabi xokkeychilar o'zaro yig'ilib, qiziqarli suhbat uyushtira olmaydilar. Chunki, birinchidan "Vashington" va "Reynjers" klublari boshqa-boshqa mehmonxonalarda, ikkinchidan NHL ularni o'yindan tashqari vaqtlarda muloqot qilmasliklarini nazorat qilib borish uchun ko'plab kuzatuvchilarni yollagan. 

Mehmonxonalar xokkey arenasi yaqinida joylashgan. 



Otellar barcha standartlarga javob beradi. U yerda kinoteatr, skay-bar, tennis korti, tomdagi basseyn va boshqa qulayliklar bor. Ovechkin yashayotgan lyuks nomerning bir sutkasi uchun 470 dollardan pul to'lanadi. 


Qiziqarli materialning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > Kuniga 470 dollarlik lyuks - basseyn, ping-pong, o'yin pristavkalari. NHL yulduzlari markazlashgan chempionatni qanday o'tkazishadi?




O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com