Kunde: "Men eng zo'r hujumchilarga qarshi o'ynashni yaxshi ko'raman"

Оқил Абдубарноев
14 apr 2022, 00:15
Jyul Kunde "Real Madrid"ga qarshi uchrashuv haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, 17 aprel kuni La Liga doirasida "Sevilya" Madrid klubiga qarshi bahs olib boradi.

"Benzema bilan uchrashish – yaxshi sinov. Karim - ajoyib hujumchi, u mavsumni ajoyib o'tkazmoqda.

Men eng zo'r hujumchilarga qarshi o'ynashni yaxshi ko'raman, chunki shu kabi bahslarda sizga nima yetishmayotganini his qilasiz.

Men imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko'rama", - dedi "Sevilya" himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca