Kuman: "Yakunda baribir murabbiy aybdor bo'ladi"

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2021, 08:32
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Benfika"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (0:3) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kelajagim borasidagi savolga aniq javob bera olmayman. Chunki, bu mening qo'limda emas. Ammo baribir yakunda murabbiy aybdor bo'ladi. 

O'yinda yaxshi harakat qilgan vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi. 0:2 dan so'ng muammolar ko'paya boshladi. Ikki marotaba gol urish imkonimiz bo'lgandi. Biz samaradorlik bo'yicha yutqazdik, o'yin bo'yicha emas. 

Jamoada ko'p narsa o'zgarmoqda, ko'p futbolchilar yetishmayapti, hozir shunday davr. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz", - dedi Kuman. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA