Kuman - sun'iy maydondagi o'yin haqida: "Bu futbol emas"

Mirjalol Normatov
20 yanv 2021, 22:55
"Barselona" bosh muruabbiyi Ronald Kuman Ispaniya Qiroli Kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan "Kornelya"ga qarshi o'yin sun'iy maydonda o'tishi haqida gapirdi.

"Sun'iy qoplamali stadionlarda o'tadigan o'yinlar men uchun futbol emas. Bunda qabul qiluvchi tomon ko'proq imkoniyatga ega bo'ladi. Ular bunday stadionda futbol o'ynab o'rganib qolishgan", - dedi Kuman.

Qayd etish kerak, o'tgan bosqichda "Kornelya" ushbu stadionida "Atletiko"ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana