Kuman: "Qizil kartochka - qattiq jazo"

Mirjalol Normatov
21 okt 2020, 03:13
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman YCHL 1-turi doirasidagi "Ferencvarosh"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Umuman olganda o'yindan, 3 ochkodan, urilgan 5 goldan mamnunman.

Pikega ko'rsatilgan qizil kartochka - qattiq jazo. Penalti va chetlatish esa ortiqcha. Biroq jamoa bir kishi kam bo'lsa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi.

Trinkau o'z qanotida raqiblariga ko'plab muammolarni keltirib chiqardi. Dembele ham o'yinga yaxshi kirishib keta oldi, gol urdi, vaziyatlar yaratdi. Buni esa barcha murabbiy ko'rgisi va ko'proq kuzatgisi keladi.

Arauxo yaxshi o'ynamoqda. Markaziy himoyamizda bizda raqobat juda katta. Biroq Pike va Langle bo'lsa doim ko'nglim xotirjam bo'ladi", - dedi Kuman.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal