Kuman "Barselona" futbolchilarining ishonchini yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2021, 22:18
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman oxirgi uchrashuvlardan so'ng Kataloniya klubining kiyinish xonasidagi boshqaruvni deyarli butunlay yo'qotdi, deb xabar berdi jurnalist Xavi Migel.

Manbaga ko'ra, Ronald Kuman futbolchilar uni qo'llab-quvvatlayotganini aytmoqda, lekin haqiqat shundaki, jamoa a'zolarining aksariyat qismi niderlandiyalik murabbiyga ishonishdan to'xtagan.

Takidlanishicha, Kuman echinish xonasidagi boshqaruvni deyarli butunlay yo'qotgan. Murabbiy kecha "Atletiko"ning birinchi golida Niko Gonsalesni ochiqchasiga ayblagani hech kimga yoqmagan.

Yosh yarim himoyachi bir taymdan keyin almashtirilganidan so'ng bezovtalanib qolgan va murabbiyning so'zlari uni yanada qattiqroq ranjitgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Esport3