

Grem Potter boshchiligidagi jamoa barcha turnirlarda so'nggi 4 o'yinda mag'lub bo'ldi, APL doirasida esa so'nggi 5 o'yinning 3tasida yutqazgan jamoa 2 marta durang o'ynadi.
"Bu og'riqli bo'ldi, ushbu stadionga 3 ochko uchun kelgandik. "Nyukasl" hozir yaxshi holatda ekanligini bilamiz, ular ancha chiroyli o'yin ko'rsatishmoqda. Ayniqsa o'z maydonida muxlislari uchun qattiq harakat qilishyapti.
"Chelsi" yomon o'yin ko'rsatdi, barchasiga o'zimiz aybdormiz. Bir-birimizga e'tibor berib, ishlashda to'xtamasdan "Chelsi"ni o'zi istagan o'rniga qaytarishimiz kerak. Tanaffus hozir biz uchun juda muhim. Biroz kuch to'plab, xatolarni qidirib, JCHdan keyin "Chelsi"ga g'ayratga to'la bo'lib qaytishimiz kerak", - dedi himoyachi.



