Kulibali APLning bo'lajak grandi tarkibiga o'tishi kutilmoqda

Mirjalol Normatov
10 okt 2021, 18:50
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali APLga ko'chib o'tishi mumkin.

"Football Insider" xabariga ko'ra, 30 yoshli senegallikning xizmatlariga "Nyukasl" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ingliz klubi uni qishdayoq o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin. "Nyukasl" yangi rahbarlari klubdagilarga qishda tarkibni keskin ravishda kuchaytirish topshirig'ini bergan.

Ushbu mavsumda Kulibali A Seriyaning 7 o'yinida qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Insider