Kulibali APLga yo'l olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
11 iyul 2022
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali Angliya Premer-ligasiga yo'l olishga yaqin turibdi.

Londonning "Chelsi" klubi 31 yoshli senegallik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "Chelsi" "Napoli"ning Kulibali bo'yicha moliyaviy talabini qondirishga tayyor. London klubi senegallikni himoyani kuchaytirish uchun ustuvor variant sifatida ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, Kulibalining "Napoli" bilan shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi. Oldinroq Italiya OAVlari senegallik futbolchi faoliyatini "Napoli"da yakunlamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqatgandi. Kalidu "Barselona" va "Yuventus" takliflarini rad etgandi.

2021/2022 yilgi mavsumda Kulibali “Napoli” safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Corriere dello Sport