"Kuchli-to'rtlik": "Bunyodkor" peshqadam, "Nasaf" esa autsayder

Aslanov Jasurbek
29 noya 2017, 21:50
Oliy liga turnir jadvalining kuchli to'rttaligidan o'rin olgan jamoalarning o'zaro o'yinlariga e'tibor qaratamiz.

Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlaridan kelib chiqqan holda tuzgan turnir jadvalimizda Toshkentning ikki grand jamoalari "Bunyodkor" va "Paxtakor" peshqadamga aylanishdi.
Bu "to'rttalik" ichidan eng kam ochkoni "ajdarlar" (6) to'plashgan.
"Nasaf" o'z ochkolarini "Paxtakor" va "Lokomotiv"ga qarshi kechgan o'z uyidagi o'yinlarda qo'lga kiritgan. "Lokomotiv" esa o'z uyida "Nasaf" va "Bunyodkor"ni mag'lub etgan bo'lsa, safarda "Paxtakor"dan ustun kelgan.
"Paxtakor" jamoasi o'z uyida "Nasaf" hamda "Bunyodkor"dan 3 ochko olgan bo'lsa, safarda "Loko"ni taslim etgan.

"Bunyodkor" jamoasi o'z uyida "Lokomotiv", "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, "Paxtakor"dan bir ochko olishni uddasidan chiqqan. Safarda esa "Nasaf"ni Qarshida mag'lubiyatga uchratgan.
Etirof etish joizki, "Bunyodkor" joriy mavsumda "Nasaf"ni har ikkala o'yinda ham mag'lub etgan yagona jamoa bo'ldi.

Ushbu "kuchli-to'rttalik"dagi turnir jadvalida biz to'plar nisbatiga qarab jamoalarni o'rinlarga joyladik.

Quyida ushbu "kuchli-to'rttalik" turnir jadvali bilan tanishing:

Jamoalar
O'yinlar soni
To'plar nisbatiOchko
"Bunyodkor"68-710
"Paxtakor"66-810
"Lokomotiv"67-89
"Nasaf"610-86



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia