O'yin boshlanganidan keyin yana bir marta chamaladim, 1400 kishiga ham bormadi. Uchrashuvning 10-daqiqasiga kelib yana ko'z yugurtirdim. Nari borsa 500 muxlis qo'shilibdi. Chiptachilardan olgan ma'lumotimga ko'ra, rasman 2000 dona ham chipta sotilmagan. Narxni qimmat demagan bo'lardim. Har holda yilning eng muhim voqeasi uchun 10 000 so'm juda katta pul emas. Foto fakt kerakmi, marhamat!
Uchta markaziy sektorda qizil nuqtachalar bilan belgilab chiqilgan muxlislar soni 514 nafar!
O'yin tugaganidan keyin uyga ketar ekanman, taksi haydovchisi "Bugun nima bo'ldi bu erda?" degan savolni berdi. Final desam, yo'g'-e deya hayratlandi! Mana qayerda muammo! Bizda futbolga tushishni istashadi, ammo o'yinning qachon va qayerda bo'lishini bilishmaydi. Toshkentliklar futbolga qiziqmay qo'yishgan degan gapga esa umuman qo'shilmayman. Toshkentda minglab Qashqadaryodan talaba bor yoki minglab qarshilik kishilar shu erda faoliyat olib boryapti. Ularning soni kecha stadionda 1000 nafarga ham etmas edi. Bu o'yinga atab targ'ibot uchun tuzukroq anons bo'ldimi? Sport TV bir haftadan beri plyaj futbolini reklama qiladi, 1 hafta avvaldan Kubokka bag'ishlab birorta loyiha amalga oshirildimi? Kubok finalini targ'ib qiluvchi g'oya PFLda bormidi? Faqat saytlargina Kubok haqida eslashdi, ammo saytning 50% o'quvchisi chet eldan ekanligini inobatga olsak, hali-beri bizdan foyda bo'lmasligi aniq. Shahar ko'chalariga, gavjum bozorlar-u, avtoshohbekatlarga bilbordlarni osib tashlab, TVda kuniga 10 mahaldan reklama bersa bo'lardi-ku. Qo'shimchasiga o'qish-u, korxonalarda targ'ibot qilinsa. Oddiy misol, ko'plab bozorlar dushanba kuni dam oladi. Chorshanba qilding nima-yu, dushanba o'tkazding nima finalni deydigan odam yo'q. Falastin - Yaman o'yini "..." ham esalagani yo'q. Xullas finalni maza matrasi bo'lgani ham yo'q.
Qaydnomaga uyalmay xuddi bittalab sanab chiqqandek 5228 nafar muxlisni yozganiga o'laman. Menimcha, stadion yonida joylashgan "Ezidiyor" to'yxonasidagi kelin-kuyovlarni oshna-og'aynilari-yu, to'yga kelgan mehmonlar ham qaydnomadan o'tgan. Yoki "Alisher Navoiy" nomidagi kinoteatr tomoshabinlarini ham qo'shib sanab yuborishdimi? OCHL taqdirini hal qiladigan o'yinga e'tibor "0". O'zi futbolga bo'lgan qiziqish tushib ketayotgan bir paytda jahling chiqib ketadi.
Bunday finallar yana qaytib keladimi? Toshkentda ham stadion to'ladi, agar futbol bo'lsa...
Yana bir holat, aslida mingta holatga e'tibor bersa bo'ladi. Jamoalar endi rasmga tushaman deb turishganida madhiya qo'yib yuborildi. Kubokka mas'ul kishining yo'qligi, aniq bir dasturning yo'qligidan dalolat edi bu. OCHL va MTJ o'yinlarida ko'p bora ko'ramiz, uchrashuv komissarining qo'lida soniya-soniyasigacha aniq rejasi bo'ladi. Jamoalarning echinish xonalari esa zaxira o'rindig'iga zid bo'ldi. Stadonning o'ng tomon echinish xonasidan jamoalar X tarzda zaxira o'rindig'ining chap tomonidan joy oldilar. Chirk bosib ketgan Kubokni aytmasangiz ham bo'ladi. Yilda bir shampan vinosi quyiladigan tilla rang xuddiki zanglab qolgan.
Bu hali hammasi emas, kundaligingni olib kel, "PFL" deb mana bu sahna asari uchun "2" baho qo'yib bergim kelib ketdi-ki, buni bannerdagi gapni tushunish uchun falsafadan xabarim bo'lishi kerakdek go'yo. Siz quyida ko'rib turgan bannerni TV orqali kamida 1 000 000 kishi ko'rgan bo'lsa ajab emas. Afsuski, bu birinchi yil emas, doimiy tarzda va odat bo'lib qoldi. Bu haqda avval ham yozgandik. Afsuski, bizni o'qishmaydi, o'qimaganidan keyin maqola yozishdan ne naf? O'quvchini "voy zo'r yozibsiz", "bo'lar ekan-ku" degan gaplari uchunmi? So'nggi paytlarda tahlil va tanqidning kamayib ketganiga ham sabab shu aslida. Bunday saviyadagi Kubok finalini ishonaverning, istalgan viloyat o'tkazib bera oladi. Hech bo'lmasa bitta mahalliy qo'shiqchi bo'ladi. Hech bo'lmasa, muxlis bo'ladi!
Nodirxo'ja Yuldashev