Kuban Ozbilizni saqlab qolmoqchi

Tolibjon Qosimov
24 iyul 2013
Kuban klubi direktorlar kengashi vakili Suren Mkrtchyan yarim himoyachi Aras Ozbilizni Moskvaning Spartak klubiga o'tishi borasidagi xabarlarni rad etdi.
"Menga Ozbilizning "Spartak"ka o'tishi borasida hech nima ma'lum emas. Bu gaplar Ozbiliz kuchli futbolchi va "Kuban"da o'zini ko'rsatayotgani uchun paydo bo'ladi. Turli klublardan qiziqish bo'layotgani rost. Ammo "Kuban" rahbariyati Ozbiliz klubda qolishi uchun barcha ishni qiladi.

Ayni paytda Ozbiliz klub uchun juda muhim o'yinchi, shu sababli uni olib qolmoqchimiz, - deydi Mkrtchyan R-Sport agentligi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: livesport.ru