Kuadrado: "Ronaldu va Messini bir jamoa tarkibida ko'rishni tasavvur ham qila olmayman"

Mirjalol Normatov
28 avg 2020, 16:55
Yarim himoyachi Xuan Kuadrado hujumchi Leo Messining "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi borasida gapirdi.

"Ularni bir jamoa tarkibida tasavvur qilish qiyin. Ko'pchilik muxlislar Ronalduning "Real"dan ketishiga ishonmagandi. Biroq u "Real"dan ketadigan vaqtini bildi va jamoadan ketdi. Messida ham shunday vaziyat bo'lmoqda. Oldindan nimadir deb bo'lmaydi", - dedi Kuadrado.

Eslatib o'tamiz, so'nggi kunlar davomida Messining "Barselona"dan ketishi mumkinligi borasidagi xabarlar ko'payib ketdi. Biroq hozircha klub rasmiylari bu borada aniq ma'lumot taqdim qilishmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal