Kroos uchinchi marta ota bo'ldi

26 mar 2019, 23:15
Madridning "Real" va Germaniya terma jamoasi a'zosi Toni Kroos uchinchi bor ota bo'ldi.

Uning ayoli Jessika Farber oilasidagi uchinchi farzandni dunyoga keltirdi. Chaqaloqning jinsi oshkor etilmagan. "Hayot go'zal", - deya Toni Kroos ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi tug'ilgan farzandi bilan tushgan ilk rasmini namoyish etdi.


Kroos va Farber 2015 yilda turmush qurishgan. Nemis futbolchining rafiqasi Farber hozirda 5 yoshli Leon hamda 2 yoshli qiz farzandi Amelini voyaga etkazmoqda.

 Eslatib o'tamiz, Toni Kroos 2015 yildan beri jiddiy salomatlik muammolariga chalingan bolalarga yordam beradigan hayriya fondini boshqarib kelyapti. 


Manba: instagram.com/toni.kr8s