Kroos: "Real"ning hozirgi holati ancha yaxshi"

Mirjalol Normatov
24 mar 2019
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning mavsumdagi omadsizligi haqida gapirdi.

"Bu mavsumda barchasi ham biz o'ylagandek o'tmayapti. Ammo o'tgan 3 yilni hisobga olsak, buni normal holat sifatida qabul qilsa bo'ladi. Har mavsumda ham shunday muvaffaqiyatlar takrorlanavermaydi. Buning uchun ko'plab faktorlar o'zgarmay turishi darkor", - dedi Kroos.

"Real" YCHL va Ispaniya kubogidan chiqib ketdi. LaLigada esa peshqadam "Barselona"dan 12 ochko ortda qolgan holda 3-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca