
Ertangi o'yin biz uchun juda muhim. Guruh bosqichi yakuniga etmoqda. Raqib guruhda qolib ketgan bo'lsada, juda kuchli jamoa hisoblanadi. Bu erga g'alaba uchun keldik, - deydi Kristian Gross.
- Milliy birinchilik yakunlandi. Jamoaning navbatdagi maqsadlari qanday?
- Chempionlar ligasi barcha qitalarda eng nufuzli turnir hisoblanadi. Jamoamiz muxlislarini xursand qilish uchun ushbu musobaqada uzoqroqqa borishga harakat qilamiz.
- Milliy chempionat va Chempionlar ligasidagi o'yinlarda farq bormi?
- Saudiya Arabistoni chempionatida jamoalar deyarli bir saviyada. Chempionlar ligasida esa raqiblar turlicha va o'ynash ham qiyin.
- "Bunyodkor" safida alohida futbolchini ajratib ko'rsata olasizmi?
- Yo'q. Raqibimiz jamoaviy o'yinda kuchli.
