Kristian Eriksen: "Maqsadim - "Tottenxem" bilan sovrinlarni qo'lga kiritish"

Narzulla Saydullayev
5 sen 2013, 09:40
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen nima uchun London klubiga o'tishga rozilik bildirganini aytib berdi, deb yozmoqda Goal.com.
"Tanlash uchun juda ko'p klublardan takliflar mavjud edi. Ohir-oqibat hech kim "Tottenxem"chalik transferni amalga oshirish uchun bu qadar yaqin kelmadi. Bu klub meni uzoq vaqt davomida kuzatdi va niyati jiddiy ekanini namoyish etdi. Maqsadim - sovrinlar uchun kurashish. Buni men ham istayapman, klub ham", dedi Eriksen.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net