"Kristal Pelas" "Real" xavbekini o'z safiga qo'shib olishga qaror qildi

Alisher
28 fev 2022, 15:18
Angliyaning "Kristal Pelas" klubi Madridning "Real" klubi yarim himoyachisini nishonga oldi.

Yozda klub o'z tarkibiga Dani Sebalosni qo'shib olishga umid qilmoqda.

Angliya klubi 25 yoshli ispaniyalik xavbek uchun 18 million evro to'lashga tayyor. Sebalos bunga qadar 2019-2021 yillar davomida "Arsenal"da ijara asosida harakat qilgan.

Futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Dani joriy mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida 6ta o'yinda maydonga tushib, barcha holatlarda ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushirildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes