Krishtianu Ronaldu TOP-5 chempionati to'purarlari orasida 3-o'ringa chiqib oldi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2015, 09:06
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati 10-turida Las-Palmasga qarshi o'yinda gol urdi (3:1).

Shunday qilib, portugaliyalik futbolchi TOP-5 chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purarlar orasida 3-o'ringa chiqib oldi. U Derbi sobiq futbolchisi Stiven Blumerga yetib oldi, ikkala futbolchi hisobida 317ta gol bor.

Ronaldu Ispaniya chempionatida 233, Angliya premer ligasida 84ta gol urgan.

TOP-5 chempionatlarida eng ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxati:

1. Jimmi Grivz (Angliya) – 366

2. Gerd Myuller (Germaniya) – 365

3-4. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) – 317

3-4. Stiven Blumer (Angliya) – 317

5. Diksi Din (Angliya) – 310

6. Delio Onnis (Argentina/Italiya) – 299

7. Lionel Messi (Argentina) – 288

8. Gordon Xodjson (Angliya/JAR) – 287

9. Alan Shirer (Angliya) – 283

10. Silvio Piola (Italiya) – 274

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/MisterChiping