Krishtianu Ronaldu: “Saudiya chempionati MLSdan ancha kuchli”

Alisher
18 iyul 2023, 07:47
“Al Nassr” sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya chempionati va MLSni solishtirdi.

“Saudiya chempionati MLSdan kuchli. Men 100 foiz Yevropa jamoalariga qaytmasligimga ishonaman. Men Saudiyaga yo'l ochdim va endi top futbolchilar aynan Saudiyaga kelishmoqda. Bir yildan so'ng Saudiya birinchiligi Turkiya va Niderlandiya chempionatlaridan o'tib ketadi”,-dedi Ronaldu. 

Eslatib o'tamiz, Ronaldu “Al Nassr”ga yanvarda ko'chib o'tgandi. U yakunlagan mavsumda 14 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com