Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati kuchli beshlikning qaysi ligasidan kuchliligini aytdi

Mirjalol Normatov
20 yanv 2024, 00:49
"Al Nassr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati o'sishda davom etayotganini aytdi.

"To'g'risini aytsam, Saudiya Arabistoni chempionatini Fransiya chempionatidan yaxshiroq deb hisoblayman. Fransiyada 2-3ta yaxshi jamoa bor, Saudiya Arabistonida esa raqobat katta.

Odamlar o'zi istaganni gapiradi. Biroq men bu yerdaligimga bir yildan ko'proq bo'ldi. Shu sababli shunday demoqdaman. Biz hali o'sishda davom etyapmiz", - dedi "Al Nassr" forvardi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globe Soccer Awards