Krishtianu Ronaldu "PSJ"ga o'tishga rozi bo'lmadi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2013
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "PSJ"ga o'tmasligini ma'lum qildi.
Francuz klubi Portugaliya terma jamoasi sardoriga 5 yillik shartnoma va 22 million maosh taklif qilgandi, deb xabar bermoqda abc.es. 

Oldinroq ushbu manbaning xabariga ko'ra, Ronaldu "Monako" va "Manchester Siti"ning takliflarini rad etgandi. Bu klublar futbolchiga 5 yillik shartnoma va 18 million evro maosh taklif qilishgandi.

Ronalduning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2015 yil yoziga qadar amal qiladi. Oldinroq "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bir necha marta Ronaldu bilan shartnoma 2018 yilga qadar uzaytirilishini aytgandi, biroq futbolchining o'zi bu xabarlarni rad qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net