Krishtianu Ronaldu: "Mening rekordim? Maqsadim jamoa bilan sovrinlarni yutish"

Tolibjon Qosimov
11 dek 2013, 12:09
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu YCHL 6-turidan o'rin olgan "Kopengagen"ga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'zining rekordidan xursand bo'ldi.
– Men ikki hafta davomida maydonga tusha olmadim, shu bois o'z formamga qaytish uchun vaqt kerak edi, deydi Ronaldu "Real" rasmiy saytiga. – O'zimning eng yaxshi formamda bo'lmasam ham, jamoaga yordam berdim. Baxtliman.

Mening rekordim? Odatiy o'yinimni namoyish etdim, gol jamoaga foyda keltiradi. Mening bosh maqsadim jamoa bilan sovrinlarni yutish.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru