Krishtianu Ronaldu: "Men taktik tomondan qiyin chempionatga keldim"

Xayrulla Xoliqov
16 iyul 2018, 22:39
"Yuventus" bilan shartnoma imzolagan Krishtianu Ronaldu ushbu klubga o'tishini izohladi.

- "Menga chaqiriqlar yoqadi. Bilib turibman, taktik tomondan juda qiyin chempionatga keldim. Lekin men muvaffaqiyatlardan rohat olib bekor o'tirishni yoqtirmayman. O'zimga va jamoadoshlarimga ishonaman. Ishonamanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Shu bois ham ancha xotirjamman".

- "Chempionlar ligasida g'olib chiqishni hamma xohlaydi. Men klub prezidenti bilan gaplashdim, biz oxirigacha kurashamiz: ham YCHLda, ham A seriyada. Qiyin bo'lishini bilaman, biz avvalo o'zimizga bo'lgan ishonchni saqlab qolishimiz kerak. "Yuventus" menga ajoyib imkoniyat tuhfa etdi. Buning uchun klubdan minnatdorman. Men bu jamoa bilan ham Yevropani zabt etishni xohlayman", - deya fikr bildirdi portugaliyalik yulduz.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: sports.ru