Krishtianu Ronaldu: "Jahon rekordchisi bo'lganimdan faxrlanaman"

Omonjon To`xtamirzayev
24 mar 2023, 11:09
Krishtianu Ronaldu terma jamoalarda o'yin o'tkazish bo'yicha rekord o'rnatganidan juda mamnun.

"Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro-2024 saralashi doirasida Lixtenshteynga qarshi uchrashuvda (4:0) dubl qayd etdi. Bu bahs Ronaldu uchun milliy terma safidagi 197-o'yin bo'lib tarixga kirdi.  

"Yana terma jamoada o'ynash va gol urish yoqimli. Ayniqsa men uchun o'zgacha ahamiyatga ega bu stadionda. 

Terma jamoalarda o'yin o'tkazish bo'yicha jahon rekordchini yangilaganimdan faxrlanaman", - deb yozgan Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Криштиану Роналдунинг "Instagram" саҳифаси