
“Men har bir mavsumda yaxshi o'ynayman va har doim o'z ishimni a'lo darajada bajarishga harakat qilaman.
Ammo gollarga qarab baho beradigan bo'lsak, ushbu mavsum faoliyatimning eng yuqori cho'qqisi bo'ldi. Biroq bu bilan to'xtab qolmayman va har yili shunday o'yin ko'rsatishga harakat qilaman.
“Oltin to'p” haqida boshqa gapirishni istamayman. Undan ko'ra bor e'tiborimni terma jamoa va “Real”ga foyda keltirishga qarataman”, - deydi portugaliyalik futbolchi.