Krishtianu Ronaldu: "Bu mening so'nggi shartnomam emas"

Aslanov Jasurbek
7 noya 2016, 20:46
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu madridliklar bilan shartnomasini uzaytirganidan xursand ekanligini yashirmadi.


"Shartnomani uzaytirish borasida hech qanday ikkilanishlar bo'lmadi. Men "Real"da qolishni va faoliyatimni dunyoning eng katta klubida davom ettirishni istagandim. Yil ajoyib o'tdi. YCHL g'olibiga aylandim, Yevropa chempionatida zafar quchdim va nihoyat "Real" bilan shartnomamni uzaytirdim. Xursandman. Lekin, bu mening faoliyatimdagi eng so'nggi shartnomam emas. Hali yana 10 yil futbol o'ynayman", - deydi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia