Krishtianu Ronaldu "Arsenal" bilan o'yinga tayyor

Оқил Абдубарноев
22 apr 2022
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Arsenal" bilan o'yinda maydonga tushishi mumkin.

"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ralf Rangnik futbolchilarning holatida haqida gapirdi. Bo'lajak uchrashuvda Skott Maktominey va Rafael Varan ham ishtirok etishi mumkin.

Shu bilan birga, "Liverpul"ga qarshi bilan o'yinda (0:4) jarohat olgan Pol Pogba "kanonirlar" bilan o'ynamaydi. Fransiyalik futbolchi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.

"Shifokor uning tiklanishi uchun kamida to'rt hafta kerakligini aytdi. Menimcha, u ushbu mavsumda boshqa o'ynay olmaydi", dedi Rangnik.

Ronaldu 18 aprel kuni e'lon qilingan yangi tug'ilgan o'g'lining vafoti tufayli "Liverpul"ga (0:4) qarshi APL o'yinini o'tkazib yuborgandi. Ikki kundan keyin u mashg'ulotlarga qaytdi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" ertaga, 23 aprel kuni "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports