Krespo: "Ikardi JCHga bormaydi, chunki u Messi emas"

Mirjalol Normatov
12 may 2018, 20:37
Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo "Inter" forvardi Mauro Ikardi haqida gapirdi.

"Muhokama qilaman albatta. Ikardi Messi bo'lmagani uchun termaga chaqirilmayapti. Argentinaning sehrli doirasi bor, biroq Mauro unga kirmagan. Mauroning JCHga bormasligi - katta xato deb hisoblayman. Argentinaga Ikardi kabi hujumchilar kerak", - dedi Krespo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com