

Yagona gol 16-daqiqada Luka Jorjevich tomonidan urildi. 56-daqiqada Sharl Kabore chetlatilganidan so'ng, krasnodarliklar bir kishi kam bo'lib harakatlanishdi.
"Krasnodar" ketma-ket uchta mag'lubiyatga uchradi (oldinroq, jamoa Rossiya Kubogida "Tom"ga va RFPLda "Zenit"ga mag'lub bo'lgan). Bunday voqea so'nggi marotaba 3 yil oldin - 2014 yilning yozida sodir bo'lgan. O'shanda "shaharliklar" "Krilya Sovetov", "Mordoviya" (RFPL) va "Volfsburg"ga (Yevropa ligasi) taslim bo'lishgan.



