

Klub rasmiy saytining bosh sahifasida o'tkazilayotgan so'rovnomada 19 nafar futbolchiga ovoz berish mumkin. Ular orasida o'zbekistonlik Odil Ahmedov ham bor. So'rovnomada ishtirok etishni istaganlar "Krasnodar" klubi rasmiy saytiga (http://fckrasnodar.ru/) tashrif buyurishlari mumkin.
Hozircha Odil Ahmedov so'rovnomada to'rtinchi o'rinda bormoqda. Fyodor Smolov, Pavel Mamaev va Andreas Grankvist kabi futbolchilar hozircha ko'p ovoz olishgan.



