

Ma'lumotlarga qaraganda, u tez orada PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Golkiperga 5 yillik shartnoma taklif qilingan va futbolchi "Krasnodar"ning roziligi bilan Parijga uchib borgan. Xabar qilinishicha, klublar to'liq kelishuvga erishib ulgurgan.
Agarda tibbiy tekshiruvlarda hech qanday muammo uchramasa, Fransiyada transfer oynasi 1 iyulda rasman ochilgach, ushbu kelishuv e'lon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Safonov yakunlangan mavsum RPLda 30ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 27ta to'p olib chiqdi va 11ta "quruq" o'yin o'tkazdi.



