Kovalenko boshqargan uchrashuvda "Nasaf" "Bunyodkor"dan ustun kelgan. Anana takrorlanadimi?

7 iyun 2015, 07:34
Oliy liganing 12-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv – “Bunyodkor” – “Nasaf” bahsini toshkentlik FIFA referesi Valentin Kovalenko boshqarib boradi.

Unga qanotlarda Mamur Saidqosimov va Husniddin Shodmonov ko'maklashishadi. Zaxira hakami Olim To'ychiboev.

Takidlash joizki, “Nasaf” futbolchilar  2013 yilda ilk marta “Bunyodkor” ustidan Oliy liga doirasida ilk g'alabani tantana qilgan. Ushbu uchrashuvni ham aynan Kovalenko boshqargan. Oliy liga-2015 da toshkentlik hakam “Nasaf” ishtirokida bitta uchrashuvni boshqargan va unda ham qarshiliklarning qo'llari bilan kelgan (Oliy liga, 3-tur. “Nasaf” – “Qo'qon-1912” 3:0).
 

Oliy liga, 12-tur. 07.06.2015.

“Bunyodkor” – “Nasaf”

Hakamlar: Valentin Kovalenko, Mamur Saidqosimov, Husniddin Shodmonov, Olim To'ychiboev.

Nazoratchi: I.Mustafin.

O'zPFLvakili: Sanjar Rizaev.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvi 7 iyun, yakshanba kuni poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da o'tkaziladi.


Manba: fcnasaf.uz