

Kataloniya klubi rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra, braziliyalik yangi mavsumni 7-raqamda boshlaydi.

Oldinroq, "Bordo"dan xarid qilingan Malkom "Barselona"da 7-raqamda o'ynashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Barselona"da 7-raqam ostida o'ynagan mashhur futbolchilar:
Luish Figu (1995-2000)
Alfonso Peres (2000-2001)
Xavier Saviola (2001-2004)
Xenrik Larsson (2004-2006)
Eydur Gudyonsen (2006-2010)
David Vilya (2010-2013)
Pedro Rodriges (2013-2015)
Arda Turan (2015-2018)



