Koutino sobiq jamoasiga qaytdi

Оқил Абдубарноев
12 iyul 2024, 01:12
Braziliyalik futbolchi Filippe Koutinoning yangi klubi aniq bo'ldi.

Manbaning xabariga ko'ra, 32 yoshli yarim himoyachi dastlabki klubi - “Vasko da Gama”ga ijara asosida o'tgan.

“Liverpul”, “Barselona”, “Bavariya” kabi nomdor klublar sharafini himoya qilgan futbolchi o'tgan mavsumni Qatarning “Al Duhayl” jamoasida ijarada o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, Koutino Braziliya terma jamoasi safida 68 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: x.com/@VascodaGama