Koutino "Liverpul" bilan shartnomasini 2020 yilgacha uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2015, 13:11
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino klub bilan kelishuvini 2020 yilgacha uzaytirdi.

"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino "mersisayd" klubi bilan 2020 yil yoziga qadar shartnoma tuzdi.

"Qizillar" 2 yil oldin Filipeni "Inter"dan 8.5 million funt evaziga sotib olishgandi. Koutino darhol Brendan Rodjers jamoasida o'ynab ketgandi.

Bu mavsumda Koutino yangi darajaga chiqdi. Aynan 22 yoshli futbolchi tufayli "Liverpul" so'nggi oydagi yaxshi natijalarni qo'lga kiritmoqda.

Liverpool Echo nashrining xabariga ko'ra, Koutino yangi shartnoma borasida kelishib olgan.

Bu xabarga "qizillar" bosh murabbiyi Brendan Rojers izoh berdi.

"Vest Xem"ga qarshi o'yinda Koutino ikkita golli pas berib, o'zining darajasini ko'rsatib qo'ydi. Agar Modrichning statistikasiga qaraydigan bo'lsak, uning hisobida gollar soni kam, ammo u jahon darajasidagi futbolchi bo'lib qolaveradi. Koutino o'sishda davom etsa, u ham shu darajaga yetishadi" - deydi Rojers.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com