Koutino "Barselona"dan ketishga tayyor

Mirjalol Normatov
30 dek 2021, 12:59
Yarim himoyachi Filippe Koutino "Barselona"dan ketishi mumkin.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, futbolchi o'zining jamoadagi holati o'zgarib qolishi mumkinligini tushunmoqda va shu sababli jamoadan ketishga tayyorlanmoqda. U JCH-2022ga qadar o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi.

Murabbiylar shtabi ayni damda Gavi hamda Niko Gonsalesga ishonch bildirmoqda. Koutino esa zaxira varianti sifatida ko'rilyapti. Shu sababli u qishda jamoasini almashtirmoqchi.

Ayni damda uning agenti yangi jamoa izlamoqda. Ushbu mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi 16 o'yinda maydonga tushib, 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo