Koulmen Uels terma jamoasida JCH-2018ga qadar ishlaydi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2016, 09:44
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulmen 2018 yilgi Jahon chempionatidan keyin o'z lavozimini tark etadi.

JCH-2018ga chiqsak yoki chiqa olmasak ham terma jamoadan ketaman. O'sha paytga borib terma jamoada 6-7 yil ishlagan bo'laman.  Uels terma jamoasini yanada katta darajaga olib chiqmoqchiman, – deydi Koulmen.

Eslatib o'tamiz, Evro-2016da Uels yarim finalga qadar yetib bordi va Portugaliyaga (0:2) yutqazib qo'ydi.

JCH-2018 saralashida Uels Irlandiya, Moldaviya, Gruziya, Avstriya va Serbiya bilan bir guruhdan joy olgan.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk